O‘zbekiston tarixda birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashiga saylandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi a’zoligiga saylandi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Kecha, 7 iyun kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025-2027 yillar uchun BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi a’zolariga saylov bo‘lib o‘tdi.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi BMTga a’zo davlatlarning 185 nafar ovozini oldi va o‘z tarixida birinchi marta Kengash a’zoligiga saylandi.

Ma’lumot uchun, mazkur Kengash BMTning asosiy organi bo‘lib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’uldir. Ushbu tuzilma Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimida barqaror rivojlanishning barcha uch yo‘nalishi – iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatdan rag‘batlantirish bo‘yicha asosiy o‘rinni egallaydi. U uch yillik muddatga saylanadigan 54 a’zodan iborat.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari qo‘mitasi tarkibiga saylangandi. Shuningdek, O‘zbekiston Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing