O‘zbekiston Suzish federatsiyasida 1 mlrd talon-toroj qilingani aniqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Suzish federatsiyasi mansabdor shaxslari va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘larni talon-toroj qilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh prokuratura tomonidan mutasaddi idoralar bilan birgalikda O‘zbekiston Suzish federatsiyasida sohaga ajratilgan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganishda idora mansabdor shaxslari va boshqalar mansab vakolatlarini suiiste’mol qilib, juda ko‘p miqdorda jamiyat manfaatiga zarar yetkazgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, terma jamoa hamda uning zaxirasi tarkibiga kiritilmagan fuqaro Rossiya Federatsiyasining Volgograd shahrida o‘tkazilgan xalqaro yig‘inga yuborilib, 72 mln. so‘m  byudjet mablag‘lari asossiz ishlatilgan.

Shuningdek, 2021 yilning oktyabr-dekabr oylarida jami 287 nafar sportchi “D” MCHJga qarashli mehmonxona xizmatidan foydalanmagan bo‘lsalar-da, foydalanganlik haqida elektron hisob-fakturalarga soxta yozuvlar kiritgan holda 1 mlrd. so‘mlik pul mablag‘i talon-toroj qilingan.

Mazkur holatlar bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

talon-toroj

Baholaganlar

59

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing