Samarqanddagi korxona qariyb 920 mln so‘mlik elektrni talon-toroj qildi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatidagi qumni qayta ishlash sexida qariyb 920 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Samarqand tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.B.” MCHJ mas’ul shaxslari qumni qayta ishlash sexida umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga tijorat maqsadida to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanib olgani aniqlangan.

Oqibatda 919,8 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan.

Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatida qariyb 3 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing