O‘zbekiston suv tanqis 33 ta davlat qatoriga qo‘shilishi mumkin

Jamiyat

image

Ekspertlar tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030 yilga borib 7 mlrd kub metr suv tanqisligi yuzaga keladi. Bu esa mamlakatning 33 ta suv tanqis hududlar qatoriga tushib qolishiga sabab bo‘ladi.

Bu haqda “O‘zsuvta’minot” AJ raisi birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Tohir Haydarov Oliy Majlis Senatining 43-yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Suv tanqisligi yildan-yilga dolzarblashib bormoqda. Yog‘ingarchilikning kamligi va anomal issiq ko‘plab suv omborlarining bo‘shab qolishiga olib kelmoqda”, dedi u. 

Bunga javoban Senat raisi Tanzila Norboyeva mintaqaning keyingi taraqqiyoti hech shubhasiz suv omiliga bog‘liqligini bildirdi. 

“Bizga jamiyat va davlat imkoniyatlarini to‘liq safarbar qiladigan, barcha uchun birdek maqbul, manfaatli va mas’uliyatli suv siyosati kerak. Bu borada normativ-huquqiy bazani takomillashtirish – birinchi galdagi vazifa.

Raqamli va ilmiy jihatdan asoslangan tejamkor texnologiyalarni keng joriy etmasdan turib, suv muammosini hal qilib bo‘lmaydi.

Suvni asrab-avaylash axloqiy tarbiyamizning ajralmas qismiga aylanishi shart”, dedi Norboyeva.

Uning aytishicha, birinchi navbatda, odamlar, ayniqsa yosh avlodning ekologik madaniyatini to‘g‘ri shakllantirish zarur.

“Lekin, tashabbus Senat tomonidan ilgari surilgani bilan, ushbu masalada Hukumat, vazirlik, idoralar va ilmiy hamjamiyatning o‘zaro uyg‘un harakati ta’minlanmasa kutilgan natijaga erishish qiyin”, dedi bu boradagi ishlar sustligiga e’tiroz bildirib Senat raisi.


Maqola muallifi

Teglar

suv

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing