O‘zbekiston Suriyani ham mag‘lub qildi
Sport
−
11 iyun 2019
4266O‘zbekistonlik muxlislar tomonidan uzoq kutilgan O‘zbekiston terma jamoasi va Suriya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
O‘yin 2:0 hisobida O‘zbekistonning g‘alabasi bilan yakunlandi. Har ikki golga Eldor Shomurodov mualliflik qildi.
Hisob o‘yinning 3-daqiqasida ochildi. Maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan mezbonlar sardori Odil Ahmedov jarima maydonchasi tomon yaqinlashayotgan Eldor Shomurodov yo‘nalishiga aniq uzatmani amalga oshirdi. Darvozabon bilan o‘tkir burchak ostida yakkama-yakka chiqib borgan Shomurodov bexato zarba bilan to‘pni uning oyoqlari orasidan o‘tkazib, gol urdi.
Goldan keyin suriyaliklar qator hujumlar uyushtirdi, biroq hisob o‘zgarmay qoldi.
O‘yinning 42-daqiqasida hisob 2: 0 ko‘rinishiga keldi. Jaloliddin Masharipovning ajoyib uzatmasini Eldor Shomurodov golga aylantirdi. Birinchi golda to‘pni darvozabonning oyoqlari orasidan o‘tkazgan Eldor bu gal darvozabonning ustidan oshirib gol urdi. Hisob 2:0, Shomurodovda dubl.
O‘yinning qolgan vaqtida hisob o‘zgarmadi. O‘zbekiston-Suriya o‘yinini 32 271 nafar muxlis maydondan tomosha qildi.
Eslatib o‘tamiz, 7 iyun kuni "Milliy" stadionida o‘tgan O‘zbekiston-KXDR bahsida 4:0 hisobi qayd etilgandi. O‘zbekiston o‘z uyida Koreya termasini ilojsiz qoldirgandi.
LiveBarchasi