Rasmiy Toshkent Suriyadagi lagerdan o‘zbekistonliklarning ozod qilinishini kelishdi – OAV

Olam

image

O‘zbekiston va kurdlarning Suriya demokratik kuchlari (SDK) ISHID safida jang qilgan O‘zbekiston fuqarolarining asirga olingan oila a’zolarini ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda “Krasnaya Vesna” agentligi Suriyadagi manbasiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari va SDK vaqtincha ko‘chirilgan shaxslar saqlanuvchi “Al-Xaul” lageridagi 100 nafar atrofidagi o‘zbekistonlik ayollar va bolalarni ozod qilishga kelishgan. Ular ozod qilingach, O‘zbekistonga olib ketiladi.

Qayd etilishicha, bir hafta avval tibbiy vositalar yetishmovchiligi natijasida “Al-Xaul”da O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan bola vafot etgan.

“Al-Xaul” – Suriyadagi vaqtincha ko‘chirilgan odamlar saqlanadigan eng katta lager hisoblanadi. Lager SDK tomonidan nazorat qilinadi va unda 67 mingga yaqin qochoq, ISHID asirlari va ularning oila a’zolari saqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 dekabr kuni “Mehr-3” insonparvarlik operatsiyasi doirasida Suriyadan 98 nafar O‘zbekiston fuqarosi Vatanga qaytarildi.


Maqola muallifi

Teglar

Suriya o'zbekistonlik

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing