O‘zbekiston Superligasi qaytdi
Sport
−
09:48 760 1 daqiqa
Kecha, 16 iyul kuni uzoq tanaffusdan so‘ng, O‘zbekiston Superligasining 12-tur uchrashuvlari boshlandi. Kun dasturidan o‘rin olgan uch uchrashuvda qiziqarli natijalar qayd etildi.
Dastlab Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasi o‘z maydonida “Xorazm”ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Maydon egalari safida gollarga Ollabergan Karimov va Lupcho Doriyev mualliflik qildi.
Amaldagi chempion “Neftchi” esa o‘z maydonida “Buxoro” ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Mehmonlar o‘yin boshida Xurshidbek Muxtorovning goli evaziga hisobda oldinga chiqqan bo‘lsa, uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Stipe Peritsa va Jamshid Iskandarovning aniq zarbalari farg‘onaliklarga 2:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.
Toshkentda bo‘lib o‘tgan “Bunyodkor” – “Nasaf” bahsida esa qarshiliklar ustun keldi. Bilol Toshmirzayevning goliga Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari Bobir Abduxoliqovning dubli hamda Otubanjoning goli bilan javob qaytarib, 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Bugun, 17 iyul kuni ham 12-tur doirasida yana uchta uchrashuv o‘tkaziladi.
Hozircha musobaqa jadvalida 31 ochko to‘plagan Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Toshkentning “Paxtakor” klubi 26 ochko bilan ikkinchi, “Buxoro” esa 20 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.
Live
Barchasi