O‘zbekiston sun’iy intellektni rivojlantirmoqchi

Jamiyat

image

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekistonda ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini 2020-2022 yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, sun’iy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Bunda mamlakatning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribalarni o‘rganish, xorijiy tajribalar asosida sun’iy intellektni bosqichma-bosqich rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, strategiya loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish va tasdiqlangan strategiyaning ijrosini ta’minlash nazarda tutiladi.

Mas’ul ijrochilar - Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Sodiqov), vazirlik va idoralar.

Shuningdek, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash kutilyapti. Bunda ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha normativ huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda normativ huquqiy hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish mo‘ljallangan.

Mas’ul ijrochilar - Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abdurahmonov), vazirlik va idoralar.


Maqola muallifi

Teglar

sun'iy intellekt

Baholaganlar

46

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing