O‘zbekiston sun’iy intellektga tayyorlik reytingida Markaziy Osiyoda so‘nggi o‘rinni egalladi
Olam
−
12 noyabr
4938O‘zbekiston Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi (XVJ) tomonidan tuzilgan global sun’iy intellektga tayyorlik reytingida 123-o‘rinni egalladi. Bu haqda XVJ ma’lumotlariga tayanib, “Ranking.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, 174 davlatni qamrab olgan indeks raqamli infratuzilma, inson kapitali, texnologik innovatsiyalar va huquqiy tartibga solish kabi omillarni hisobga olgan hamda Jahon banki, Xalqaro mehnat tashkiloti va boshqa tashkilotlar ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Reytingda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilar qatorida 48-o‘rinni egallagan Qozog‘iston, keyingi o‘rinlarda Qirg‘iziston (99-o‘rin) va Tojikiston (123-o‘rin) ham joy oldi. Turkmaniston bu reytingga kiritilmadi.
Sun’iy intellektdan foydalanishga tayyorlik bo‘yicha eng yuqori o‘rinlarni Singapur, Daniya va AQSH egallagan. Shu bilan birga, Markaziy Afrika Respublikasi, Afg‘oniston va Janubiy Sudan so‘nggi o‘rinlarni egalladi.
Ushbu reyting sun’iy intellekt texnologiyalarining iqtisodiyot va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilma va inson kapitalini rivojlantirishga sarmoya kiritish muhimligini ta’kidlaydi.
LiveBarchasi