O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlikni to‘xtatdi
Sport
−
26 mart 2020
5765Xalqaro olimpiya qo‘mitasi tomonidan Tokio-2020 Olimpiadasini 2021 yilda o‘tkazish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilingandan so‘ng Olimpiya sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolari uchun tashkil etiladigan barcha o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari rasman 25 martdan vaqtincha to‘xtatildi.
Bungacha mamlakat terma jamoalari a’zolarining XXXII yozgi Olimpiya hamda XVI Paralimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun ularga biriktirilgan sport bazalarida rejalashtirilgan o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etilgan edi.
Litsenzion musobaqalarning sanalari aniq bo‘lgunga qadar milliy terma jamoa a’zolari o‘z uylarida individual reja asosida mashg‘ulotlarni murabbiylar tomonidan ishlab chiqilgan kunlik tayyorgarlik rejalari asosida olib boradilar.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan “Tezkor shtab” Milliy terma jamoa sportchilarining individual reja asosida kunlik mashg‘ulot o‘tkazishlarini doimiy tarzda monitoring qilib boradi.
Bundan tashqari Milliy terma jamoa bosh murabbiylari tomonidan masofali mashg‘ulotlar onlayn tarzda olib boriladi hamda vaziyatdan kelib chiqqan holda sportchilarni individual holatiga qarab kerakli maslahatlar berib borilishi ta’minlanadi.
LiveBarchasi