O‘zbekiston sharqida zilzila sodir bo‘ldi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 28 aprel kuni soat 03:28 da (27.04.2022 yil, Grinvich bo‘yicha 22:28 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Zilzila epimarkazi Andijon viloyati, Xonobod tumanida. Zilzila koordinatalari: 40,79 gradus shimoliy kenglik; 73,06 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 327 km janubiy-sharqda joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:

•    Xonobod tumanida 4 ball, 2 km.
•    Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 16 km.
•    Jalaquduq tumanida 2 ball, 37 km.
•    Xo‘jaobod tumanida 2 ball, 44 km.


Maqola muallifi

Teglar

zilzila

Baholaganlar

289

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing