Mirziyoyevning Matbuot kotibi Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha O‘zbekistonning pozitsiyasini ochiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainada boshlagan harbiy harakatlari yuzasidan vazmin, neytral pozitsiyada. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Asadovga ko‘ra, kecha, 25 fevral kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan telefon muloqoti chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning keng ko‘lamli kun tartibida turgan dolzarb masalalardan tashqari, Ukraina atrofida yuzaga kelayotgan vaziyat yuzasidan ham fikr almashgan.

“Rossiya Prezidenti davlatimiz rahbariga maxsus harbiy operatsiyani o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarorning sabablari va shart-sharoitlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, tomonlar vaziyatni hal qilishning o‘zaro maqbul yo‘llarini tez fursatda topishlari va uning yanada keskin tus olishiga yo‘l qo‘yilmasligiga umid bildirdi”, deydi Asadov.

Asadovning alohida ta’kidlashicha, O‘zbekiston bu masala bo‘yicha vazmin, neytral pozitsiyada.

“Mamlakatimiz azaldan ham Rossiya, ham Ukraina bilan yaqin, do‘stona munosabatlarga ega. Biz keng mintaqamizda tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyot bo‘lishidan manfaatdormiz. Barcha bahs va kelishmovchiliklar faqatgina xalqaro huquq normalari asosida hal qilinishi lozim”, deydi Asadov.

Avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

863

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing