O‘zbekiston Rossiyaning transport loyihalariga qo‘shilishga tayyorligini olqishladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Rossiya Federatsiyasining transport loyihalarini amalga oshirishga, xususan, Pokiston va Xitoyga yangi temir yo‘l koridorlarini qurishga qo‘shilishga tayyorligini olqishlaydi. Bu haqda bugun, 14 oktyabr kuni “Markaziy Osiyo – Rossiya” sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deb xabar bermoqda TASS. 

“Rossiya Federatsiyasining Pokiston va Xitoyga yangi temir yo‘l koridorlarini qurish kabi strategik loyihalarni amalga oshirishga qo‘shilishga tayyorligini mamnuniyat bilan qabul qilaman”, degan Prezident Mirziyoyev.

Uning fikricha, transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash hamkorlikning eng muhim yo‘nalishi hisoblanadi. 

O‘zbekiston rahbari mintaqa davlatlaridan oziq-ovqat mahsulotlarini pirovard iste’molchiga jadal yetkazib berishni ta’minlashga qaratilgan “Agroekspress” loyihasini yanada amalga oshirishga e’tibor qaratdi.  

“Ushbu loyiha oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi”, degan Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

456

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing