O‘zbekiston Rossiyadan fuqarolarini olib ketsin – Rossiyalik deputat

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi Qahramon Quronboyev Rossiya Davlat Dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov bilan uchrashuvda, Rossiya hukumatidan o‘zbek diasporasi hisobidan mamlakatda mehnat muhojirlarining farzandlari uchun xususiy bog‘cha va maktablar ochishda yordam so‘ragani haqida xabar berilgan edi

Rossiyalik deputat Mixail Delyagin mazkur tashabbus mamlakat qonunlariga mos kelmasligini aytib chiqdi. Bu haqda u “Govorit Moskva”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“O‘zbekiston Prezidentining maslahatchisi Rossiya konstitutsiyasi haqida hech narsa eshitmagan bo‘lsa kerak. Bu qonunda odamlarni millatiga ko‘ra kamsitish taqiqlangan. Faqat migrant bolalar uchun maktablar ochish Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga nisbatan kamsitish ekanligi aniq. 

Darvoqe, tojik diasporasi janoblari faqat tojiklarga xizmat ko‘rsatadigan tibbiyot markazlari ochilishi haqida gapirganda nimani nazarda tutgan bo‘lsa, bu ham xuddi shunday ma’noda”, deydi Mixail Delyagin.

Unga ko‘ra, bu Rossiyaga qarshi ataylab olib boriladigan siyosat va dushman kayfiyatida bo‘lgan anklavlarni yaratishga urinishdir.

“Bu Rossiyani ichidan yemirib, keyin esa yo‘q qilish bo‘yicha ataylab olib boriladigan siyosat. Bunda avvaliga begona bo‘lgan, keyin esa dushman kayfiyatidagi anklavlarni yaratishga harakat qilinadi. 

Menimcha, O‘zbekiston, albatta bolalar bog‘chalari va maktablarni qurishi kerak, lekin faqat o‘z hududida. Ular Rossiyaga siqib chiqargan fuqarolarini qaytarib vataniga olib ketishi kerak. Chunki, aytaylik, Tojikiston aholisining uchdan biridan ko‘prog‘i Rossiyada yashaydi. Bu holat Tojikiston uchun ham, Rossiya uchun ham mutlaqo normal emas”, degan deputat.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Davlat dumasining milliy masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Gennadiy Semigin mamlakatga radikal islomiylikni targ‘ib qiluvchi muhojirlar anklavlari va noqonuniy ibodatxonalar tahdid solayotganini aytib, bunga politsiyaning migrantlarga “yumshoqqo‘l”ligini sabab qilib ko‘rsatgan edi. 

“Ular menga: "Bizda hech qanday anklav yo‘q", deydilar. Jurnalistlar bor, deb yozishadi. Xalqimiz bunga shubha qilmaydi. Rasmiylar esa yo‘q, deydi. Anklavlarning paydo bo‘lishi eng og‘ir oqibatlardan biridir”, degan u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya bog'cha Qahramon Quronboev maktablar Davlat Dumasi Mixail Delyagin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing