O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy hamkorlik bo‘yicha deklaratsiya qabul qildi

Jamiyat

image

Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev bugun, 15 sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti doirasida har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Uning matni Kreml saytida chop etilgan. 

Hujjatga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston mavjud kelishuvlar asosida harbiy va harbiy-texnik sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishni, shuningdek, tegishli shartnomaviy-huquqiy bazani takomillashtirishni davom ettiradi. 

“Xavfsizlik, harbiy va harbiy-texnikaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik sohasida manfaatdor idoralar o‘rtasidagi sheriklikni, shuningdek, ikki davlat xavfsizlik kengashlari, mudofaa, huquqni muhofaza qilish organlari va maxsus xizmatlari o‘rtasidagi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasida terrorizmga qarshi kurashish maqsadida, shu jumladan, xorijiy terrorchi jangchilarni yollash va harakatga keltirish, terroristik va ekstremistik g‘oyalarni tarqatish va targ‘ib qilish, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish, terrorizmni moliyalashtirish, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, ularning analoglari va prekursorlarining noqonuniy aylanishi, terrorchilik tashkilotlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlash, boshqa noqonuniy moliyaviy operatsiyalar, transmilliy uyushgan jinoyatchilikning boshqa turlari, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishga qarshi o‘zaro hamkorlikni chuqurlashtiradi”, deyiladi deklaratsiyada.

Moskva va Toshkent narkotiklarga qarshi xalqaro konvensiyalar asosida jahon narkobiznes muammosini samarali hal etishga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan va bundan keyin ham tegishli idoralar orqali giyohvand moddalarni qonuniylashtirishga qat’iy qarshi kurashadi. 

Shuningdek,  davlatlar biologik xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekani bildirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya ShHT

Baholaganlar

365

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing