O‘zbekiston Rossiya bilan hamkorlikni kuchaytirmoqchi – Kreml
Jamiyat
−
04 yanvar 2023
9810Rossiya va O‘zbekiston Prezidentlari Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, energetika sohasida ham kuchaytirish niyatida. Bu haqda davlat rahbarlarining telefon orqali muloqoti chog‘ida muhokama qilindi, deb xabar qildi bugun, 4 yanvar kuni Kreml matbuot xizmati.
“Rossiya-O‘zbekiston ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, turli sohalarda, jumladan, energetika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga ikki tomonning intilishi tasdiqlandi”, deyiladi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti matbuot xizmati xabarida.
Kremlning qo‘shimcha qilishicha, Mirziyoyev 2022 yil 26-27-dekabr kunlari Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi chog‘ida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirgan.
3 yanvar kuni Putin qozog‘istonlik hamkasbi Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali gaplashdi va u bilan ikki mamlakat o‘rtasidagi qator dolzarb yo‘nalishlar, jumladan, yoqilg‘i-energetika kompleksi bo‘yicha amaliy hamkorlikni ham muhokama qildi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar