O‘zbekiston alamli tarzda Qatarga mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
14 noyabr 2024 15081 1 daqiqa
Bugun, 14 noyabr kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining saralashi Osiyo qit’asi 3-bosqich “A” guruhi 5-turi doirasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi safarda Qatar bilan kuch sinashdi.
O‘yinning birinchi taymi o‘zbekistonliklar uchun omadsiz boshlandi. Dastlab, o‘yinning 21-daqiqasida mehmonlar sardori Eldor Shomurodov jarohat oldi va o‘z o‘rnini Jaloliddin Masharipovga bo‘shatib berdi. Oradan 4 daqiqa o‘tib, mezbonlar vakili Almoyez Ali gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Qarama-qarshi kechgan hujumlardan so‘ng 41-daqiqada qatarliklar vakili Almoyez Ali yana gol urib, dubl qayd etdi. Ilk taym shu tariqa Qatar milliy terma jamoasining 2:0 hisobdagi ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda o‘zbekistonliklarning shiddatli hujumlari boshlandi. Ketma-ket shunday harakatlardan so‘ng, o‘yinning 75-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev boshi bilan qatarliklar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan 5 daqiqa o‘tib, ikkinchi bo‘limning 25-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev yana bir bor bosh bilan gol urib, hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 112-daqiqasida Lukas Mendes gol urib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi.
Ma’lumot uchun, ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng O‘zbekiston o‘z guruhida 10 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi