Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda
Jamiyat
−
31 iyul 4070 2 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda. Bu haqda ikki davlat Tashqi ishlar vazirlarining kecha, 30 iyul kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ma’lum qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha qirg‘izistonlik mavqedoshi Jeenbek Kulubayev bilan uchrashdi. Tomonlar qirg‘iz-o‘zbek ikki tomonlama hamkorligining butun spektrini muhokama qildi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashdi, shuningdek, tegishli yo‘l xaritasida o‘z aksini topgan ikki mamlakat davlat rahbarlari va hukumat rahbarlari darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlarni belgilab oldi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, jumladan, BMT, MDH, SHHT, TDT va IHT doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Mazkur tuzilmalardagi hamkorlik ikki davlat sherikligining asosiy elementi bo‘lib qolayotgani ta’kidlandi.
Tashqi siyosat idoralari rahbarlari asosiy mintaqaviy va global muammolarga yondashuvlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyor ekanini tasdiqladi hamda Qirg‘iziston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi 2025-2026 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi hamda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bosqichma-bosqich qo‘shma harakatlar rejasida belgilangan qo‘shma aniq chora-tadbirlarni belgilab oldi.
Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi va bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar jadvali kelishib olindi.
Eslatib o‘tamiz, bugun, 31 iyul kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashib, unga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazgandi.
Live
Barchasi