O‘zbekiston Para osiyo o‘yinlarining bugungi kunini ham oltin bilan boshladi
Sport
−
25 Oktabr 2023 5928 1 daqiqa
Xitoyning Xanjchou shahrida bo‘lib o‘tayotgan Para Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi bugungi kun hisobidan hozirgacha bitta oltin va bitta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Para yengil atletikaning T13 klasida erkaklar o‘rtasida uzunlikka sakrash bahslarida ishtirok etgan Doniyor Axmedov 6.88 metr natija bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Shuningdek, para pauerlifting bo‘yicha erkaklar o‘rtasida -72 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod Jamilov 204 kg natija bilan bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 24 oktyabr – Xanchjouda bo‘lib o‘tayotgan VI yozgi Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida sportchilar mamlakat delegatsiyasi hisobiga 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025