O‘zbekiston paxta terimida bolalar mehnatiga qanday barham bermoqda? Bryusselda munozora bo‘lib o‘tadi
Jamiyat
−
01 aprel 2019
7769Joriy yilning 1-3 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva, Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev hamda “O‘zto‘qimachiliksanoat”, “O‘zbekiston ipagi” uyushmalari va Kasaba uyushmalari Fedratsiyasi rahbarlaridan iborat Hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Yevropa Ittifoqi poytaxtida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi missiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, majburiy mehnatga barham berish masalalariga mas’ul O‘zbekiston Hukumati vakillari Bryussel shahrida “O‘zbekiston paxta terimida bolalar mehnati va majburiy mehnatga qanday barham bermoqda” mavzusidagi munozara forumida ishtirok etadi. Mazkur tadbir Xalqaro mehnat tashkiloti, Jahon banki, O‘zbekiston, AQSH va Shveysariya elchixonalari tomonidan tashkillashtirilmoqda.
Forum ishida Yevropa komissiyasi, xalqaro nohukumat tashkilotlar vakillari, mehnat va huquqni himoya qilish masalalari bilan shug‘ullanuvchi nohukumat tashkilotlar, paxta ishlab chiqarishda bolalar mehnati va majburiy mehnatga qarshi bo‘lgan kompaniyalar ishtirok etadi.
Tashrif dasturidan Yevropa Ittifoqi, Belgiya Qirolligi, huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, Yevropaning yirik ishlab chiqaruvchilari, riteylorlari va kasaba uyushlamalari birlashmalari hamda yetakchi Yevropa brendlari vakillari bilan uchrashuvlar o‘rin olgan.
Hukumat delegatsiyasi Kasaba uyushmalari xalqaro konfederatsiyasi bosh kotibi Sharan Barrou, “Human Rights Watch” xalqaro nohukumat tashkiloti va boshqa xalqaro institutlar vakillari bilan ham muzokalar olib boradi.
LiveBarchasi