O‘zbekiston Osiyo kubogini mag‘lubiyat bilan boshladi

Sport

image

Bugun, 3 fevral kuni tongda futbol bo‘yicha O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Avstraliya mezbonlik qilayotgan OFK Osiyo kubogi doirasidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Dastlabki bahsda Kotrina Kalbayte shogirdlari Shimoliy Koreya terma jamoasiga 0:3 hisobida yutqazdi.

Uchrashuvda dastlab shimoliy koreyaliklar 6-daqiqadayoq hisobni ochgan bo‘lsa, 24- va 41-daqiqalarda kiritilgan gollar evaziga birinchi bo‘limning o‘zida ustunlikni mustahkamladi. Ikkinchi bo‘limda esa har ikki jamoa ham darvozasini daxlsiz saqlab qoldi va o‘yin 3:0 hisobida yakunlandi.

Ushbu natijadan so‘ng O‘zbekiston “B” guruhida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Navbatdagi uchrashuv 6 mart kuni Xitoy terma jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Guruh bosqichidagi so‘nggi bahs esa 9 mart kuni Bangladeshga qarshi o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Shimoliy Koreya Osiyo kubogi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing