O‘zbekiston oltin sotish bo‘yicha 2-o‘rinni oldi

Jamiyat

image

O‘zbekiston may oyida oltin sotuvchi davlatlar qatorida dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bu haqda Jahon oltin kengashi ma’lum qildi.

Aytilishicha, O‘zbekiston xorijga Qozog‘iston va Germaniyaning ko‘rsatkichlaridan 5,5 barobar ko‘p, ya’ni 11 tonna oltin sotgan. Birinchi o‘rinni esa 63 tonna ko‘rsatkich bilan Turkiya egallagan.

Bildirilishicha, mamlakat oltin-valyuta zaxiralarining faol sotilishini Turkiya Markaziy bankining milliy valyutani sun’iy ravishda qo‘llab-quvvatlash borasidagi avvalgi siyosati bilan izohlash mumkin. Iyun oyida regulyatorning ushbu kursni o‘tkazishdan bosh tortishi turk lirasining keskin qulashiga olib kelgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Polsha 19 tonna ko‘rsatkich bilan oltinning asosiy xaridoriga aylangan. Ikkinchi o‘rinda esa 16 tonna bilan Xitoy qayd etilgan. Undan keyingi o‘rindagilarning xaridi to‘rt tonnadan ortmagan.

Ma’lumot uchun, Jahon markaziy banklarining oltin-valyuta zaxiralari 27 tonnaga kamaygan. Aprel oyi bilan solishtirganda, qimmatbaho metallar savdosi ikki baravardan ko‘proq qisqargan.


Maqola muallifi

Teglar

oltin O'zbekiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing