O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasining Toshkentdagi yig‘ini uchun qaydnomasi e’lon qilindi

Sport

image

Temur Kapadze boshqaruvidagi O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 2 apreldan Toshkentda mashg‘ulotlarga kirishadi. Murabbiy mazkur yig‘in uchun jamoa qaydnomasini ma’lum qildi.

Hozircha qaydnomada ko‘pgina legioner futbolchilar, jumladan Moskvaning SSKA klubi a’zosi Abbosbek Fayzullayev, Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov yo‘q.

Rejaga muvofiq, yig‘inning ikkinchi qismi 6 aprel sanasidan boshlab Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiriladi. Terma jamoa nazorat uchrashuvi doirasida 10 aprel kuni Xitoyga qarshi maydonga tushadi.

Ma’lumot uchun, dastlabki yig‘inga asosan mahalliy klublarda to‘p suruvchi futbolchilar jalb etildi. Ayni paytda legionerlar klublari bilan muzokaralar davom etmoqda va yakuniy ro‘yxat tez orada e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Temur Kapadze Abbosbek Fayzullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing