O‘zbekiston oktyabrda Xitoy va Vetnamga qarshi o‘ynaydi
Sport
−
23 avgust 2023
3126Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida Xitoy va Vetnamga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA Axborot xizmati xabar berdi
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston vakillari oktyabrda Sian (Xitoy) shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Yig‘in doirasida Srechko Katanets shogirdlari 13 oktyabr kuni Vetnam, 16 oktyabr kuni esa Xitoy milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston termasi sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Amerika Qo‘shma Shtatlarida yig‘in o‘tkazishi haqida xabar bergan edik. Unga ko‘ra, Srechko Katanets qo‘l ostidagi futbolchilar jamoasi 10 sentyabr kuni FIFA reytingida 11-o‘rinni egallab turgan AQSH milliy terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.
Toshkent vaqti bilan 03:30 da start oladigan mazkur uchrashuv Missuri shtati Sent-Luis shahridagi “CityPark” stadionida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi