O‘zbekiston oxirgi daqiqalarda 2 ta gol o‘tkazib yubordi va Kosta-Rikaga mag‘lub bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 27 sentyabr kuni Janubiy Koreyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini o‘tkazayotgan futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kosta-Rikaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

O‘yin teng kurashlar ostida boshlandi. Dastlabki 20 daqiqalik asosan maydon markazida kechdi. 26-daqiqaga kelib, O‘zbekiston terma jamoasi yetakchisi Eldor Shomurodov hisobni ochdi. Maydon markazidan pastlatib uzatib berilgan to‘pni Eldor qabul qildi va ikki himoyachini ortda qoldirib, darvozabon bilan birga-bir chiqib, zarba yo‘llashda adashmadi. Bahsning 29-daqiqasida Eldorda yana bir qulay imkoniyat bo‘ldi, biroq Shomurodov bu vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Kosta-Rika ham hisobni tenglashtirish uchun harakat qildi, ammo buning uchun ularda deyarli imkoniyat bo‘lgani yo‘q.

Ikkinchi bo‘limning 53-daqiqasida Eldor Shomurodovda yana bir qulay imkoniyat bo‘ldi. Biroq hujumchining zarbasiga biroz aniqlik yetishmadi. Kosta-Rika futbolchilarida gol kiritish uchun qulay imkoniyat 62-daqiqaga kelibgina sodir bo‘ldi. O‘zbekistonlik himoyachilar vaziyatni bir amallab bartaraf etdi. Shundan so‘ng, Srechko Katanets shogirdlari to‘liq ustunlik bilan harakat qila boshladi. 72-daqiqada Eldor Shomurodov o‘z o‘rnini Igor Sergeyevga bo‘shatib berdi. Oxirgi 10 daqiqani kosta-rikalik futbolchilar nisabtan ustunlikda o‘tkazdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda Entoni Ernandes va Kendall Uoston tomonidan kiritilgan gollar  Kosta-Rikaning 2:1 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.

O‘zbekiston – Kosta-Rika 1:0. 

“Suwon World Cup”  stadioni, Suvon.

Gol: 1:0 – Eldor Shomurodov (26), 1:1 – Entoni Ernandes (90+2), 1:2 – Kendall Uoston (90+4).

Hakamlar: Kim Dae Yong, Yun Jae Yol, Jang Jong Pil, Park Se Jin (barchasi Janubiy Koreya).

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 15.Umar Eshmurodov, 23.Husniddin Aliqulov, 13.Sherzod Nasrullayev, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 17.Sardor Sobirxo‘jayev, 19.Aziz Turg‘unboyev, 8.Hojimat Erkinov, 14.Eldor Shomurodov.

Kosta-Rika: 18.Aaron Krus, 3.Xuan Pablo Vargas, 4.Keysher Fuller, 8.Brayan Ovedo, 11.Joxan Venegas, 14.Orlando Galo, 16.Aron Suares, 19.Kendall Uoston (sardor), 20.Brandon Agilera, 21.Karlos Mora, 24.Duglas Lopes.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi Koreyadagi yig‘in doirasida Kamerun terma jamoasi bilan ham to‘qnash kelib, 2:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi Eldor Shomurodov

Baholaganlar

84

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing