O‘zbekiston Niderlandiya bilan o‘ynaydi
Sport
−
07 may 5440 1 daqiqa
O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Niderlandiya terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilning 8 iyun kuni Nyu-Yorkdagi “Icahn” stadionida bo‘lib o‘tadi. Ushbu o‘yin vaqti Toshkent vaqti bilan 23:45 boshlanadi.
Niderlandiya terma jamoasi Jahon chempionatida Yaponiya, Shvetsiya va Tunis terma jamoalari bilan birga “G” guruhidan o‘rin olgan bo‘lsa, O‘zbekiston esa Portugaliya, Kolumbiya va Kongo bilan birga “K” guruhidan joy olgan.
Ma’lumot uchun, Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu o‘yindan oldin joriy yilning 1 iyun kuni mundial mezboni Kanada bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro may oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
Live
Barchasi