O‘zbekiston nega Afg‘onistonga elektr energiyasini sotyapti?

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish hajmini oshirgani haqida xabar bergan edik. Ichki iste’molchilar bir kunda bir necha marta tarmoqdan uzilib qolayotgan bir sharoitda qo‘shni davlatga elektr eksport qilinishi haqli noroziliklarga sabab bo‘ldi.

Shu sababdan Energetika vazirligi O‘zbekston va Afg‘oniston o‘rtasida elektr energiya yetkazib berish bo‘yicha tuzilgan kelishuv haqida ma’lumot berdi.

Bildirilishicha, Afg‘onistonda tinch hayotni o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston va Afg‘on Islom Respublikasi o‘rtasida elektr energiyasini yetkazib berish yuzasidan hukumatlararo kelishuv imzolangan.

Unga ko‘ra tomonlarning majburiyatlari aniq belgilangan bo‘lib, ushbu kelishuvga asosan yillik 2 milliard 200 million kilovatt soat elektr energiyasini yetkazib berish ko‘zda tutilgan.

Mazkur kelishuv doirasida yetkazib berilayotgan elektr energiyasi ichki bozorga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligini ta’minlash maqsadida, qo‘shni davlatlar energotizimlaridan ham qo‘shimcha import qilinib, Afg‘onistonga uning bir qismi eksport qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Markaziy Osiyo mamlakatlarining yagona energotizimi Afg‘oniston energotizimi bilan faqatgina O‘zbekiston orqali bog‘langan, ya’ni yagona energotizim mamlakatlarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi faqatgina O‘zbekiston orqali eksport qilinishi mumkin.

“Ushbu mavzular yuzasidan turli internet nashrlar va ijtimoiy tarmoqlardagi muzokaralar ayrim xollarda noto‘g‘ri raqamlar va faktlarga asoslangan bo‘lib, xaqiqiy xolatni aks ettirmayapti”, deyiladi vazirlik xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Afg‘onistonni elektr energiya bilan ta’minlashga mas’ul bo‘lgan Da Afghanistan Breshna Sherkat kompaniyasi O‘zbekiston energiya importi 400 megavattga yetkazilganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

elektr energiya O'zbekiston-Afg'oniston

Baholaganlar

756

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing