Mudofaa vaziri AQSHga nima maqsadda tashrif buyuradi?
Jamiyat
−
11 iyul 2019
4717AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Daniel Rozenblyumning ma’lum qilishicha, joriy haftada O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSHga safar qiladi.
“Men O‘zbekiston bilan xavfsizlik bo‘yicha hamkorligimizni chuqurlashtirishni istayman. Bu nafaqat kuchli mushtarak maqsad o‘laroq birgalikda Afg‘onistonga tinchlik va farovonlik olib kelishni, balki buzg‘unchi ekstremizm, transmilliy jinoyat, giyohvand moddalar savdosi va boshqa xatarlarga qarshi kurashda hamkorlik qilishni ham anglatadi. Biz bu sohada birgalikda ko‘p ish qilmoqdamiz.
Bu hafta Mudofaa vaziri Qurbonov AQSHga safar qilib, Vashingtongda rasmiylar, jumladan Mudofvaa vaziri vazifasini bajaruvchi janob Esper bilan uchrashadi”, deydi AQSH elchisi.
Shuningdek, Daniel Rozenblyum hozirgi AQSH va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, avvalgilarga qaraganda, juda yaxshi holat ekanligini ta’kidladi.