O‘zbekiston MTJning BAA va Qatarga qarshi o‘yinlari manzili va vaqti ma’lum bo‘ldi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilda AQSH, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati Osiyo mintaqasi 3-saralash bosqichi doirasida BAA va Qatarga qarshi o‘yinlari vaqti va manzili ma’lum bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, O‘zbekistonning BAAga qarshi bahsi joriy yilning 5 iyun kuni Abu-Dabida shahridagi “Ol Nahayon” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00 da start oladi. Qatarga qarshi o‘yin esa 10 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 18:45 da o‘tkaziladi. 

Ma’ulmot o‘rnida, O‘zbekiston milliy terma jamoasi “A” guruhidan o‘rin olgan va 8 ta turda 17 ochko jamg‘argan holda 2-o‘rinni egallab turibdi. BAAda 13, Qatarda 10 ochko bor hamda mos ravishda 3 va 4-o‘rinlarni band etgan. Amirliklarga qarshi o‘yindagi durang ham O‘zbekiston terma jamoasini Jahon chempionatiga olib chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston milliy terma jamoasi BAA Qatar Jahon chempionati saralash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing