O‘zbekiston MTJda Rolando ish boshladi 

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabiga yangi murabbiy kelib qo‘shildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, endilikda italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki Fabio Kannavaro boshchiligidagi murabbiylar shtabida faoliyat olib boradi. Mutaxassis terma jamoada hujumchilarini tayyorlash jarayoniga ko‘maklashadi.

Ma’lumot uchun, Rolando Byanki futbolchilik faoliyati davomida “Atalanta”, “Kalyari”, “Rejina”, “Manchester Siti”, “Torino”, “Bolonya” va “Malorka” kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, turli yoshdagi Italiya terma jamoalarida ham to‘p surgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro may oyida bo‘lib o‘tadigan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Fabio Kannavaro Rolando B'yanki

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing