O‘zbekiston MTJ yig‘iniga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sport

image

Shu yilning 2 oktyabr, kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi Qatarda o‘tkaziladigan JCH-2022 saralash bahslari oldidan Toshkentda yig‘inga kirishadi.
Terma jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov mazkur yig‘inga jalb qilgan 28 nafar futbolchi ro‘yxati e’lon qilindi.
Aytish kerakki, yig‘in yakunida Vadim Abramov rasmiy o‘yinlarda ishtirok etadigan tarkibni tanlab oladi. 
Qaydnomaga kiritilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov ("Paxtakor"), Eldor Suyunov ("Paxtakor"), Abdumavlon Abdujalilov ("Bunyodkor").
Himoyachilar: Yegor Krimets ("Paxtakor"), Rustam Ashurmatov ("Gvangju" – Janubiy Koreya), Umar Eshmurodov ("Nasaf"), Islom To‘xtaxo‘jayev ("Lokomotiv"), Sharof Muxitdinov ("Nasaf"), Farrux Sayfiyev ("Paxtakor"), Dilshod Ahmadaliyev ("Bunyodkor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Akbar Ismatullayev ("Metallurg").
Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov ("Paxtakor"), Odil Ahmedov ("Shanxay SIPG" - Xitoy), Ikrom Aliboyev ("Seul FK" – Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev ("Nasaf"), Oston O‘runov ("Lokomotiv"), Jaloliddin Masharipov ("Paxtakor"), Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor"), Otabek Shukurov ("Sharja" – BAA), Sardor Mirzayev ("Lokomotiv"), Xurshid G‘iyosov ("Bunyodkor"), Doston Hamdamov ("Paxtakor"), Jamshid Iskandarov ("Lokomotiv"), Jasur Yaxshiboyev (OKMK).
Hujumchilar: Eldor Shomurodov ("Rostov" – Rossiya), Igor Sergeyev ("Paxtakor"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv").
O‘zbekiston terma jamoasi JCH-2022 saralash bahslari 2-turi doirasida 10 oktyabr kuni Toshkentda Yamanga qarshi o‘yin o‘tkazadi. 15 oktyabrda esa Singapurga safar qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vadim Abramov O'zbekistonterma jamoasi

Baholaganlar

71

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing