O‘zbekiston MTJ Superliga klublariga qarshi maydonga tushadi

Sport

image

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilning may oyida Superliganing yetakchi klublariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi (O‘zPFL) xabar berdi.

“Biz 2025 yil avgust oyida rejalashtirilgan taqvimga 24 soat ichida o‘zgartirish kiritib, klublarga taqdim etdik va ular belgilangan muddatda yangi taqvimga rozilik bildirdi. Endilikda terma jamoa joriy yilning 5 may sanasidan e’tiboran mahalliy futbolchilar ishtirokida yig‘inga kirishadi va 10, 17, 24 may kunlari Superliganing yetakchi klublariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi. Jarayon iyun oyidagi FIFA kunlari hamda Jahon chempionatiga ulanib ketadi”, deyiladi xabarda. 

Manbaga ko‘ra, may, iyun, iyul oylari davomida katta tanaffus yuzaga kelayotgani, bu esa Superliga yaxlitligiga ta’sir ko‘rsatayotganligini inobatga olgan holda, may oyining qolgan qismida O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.  

Osiyo kubogi-2027 tayyorgarligi sabab Superliganing ikkinchi qismi 20 iyuldan boshlanishi belgilandi. Bu futbolchilarga dekabr oyidagi asosiy yig‘in oldidan dam olish va kuch yig‘ish imkonini beradi.
Superliganing so‘nggi turi joriy yilning 3 dekabr sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘tish o‘yinlari va O‘zbekiston kubogining yarim finalida ishtirok etmaydigan klublar shu sanadan keyin tanaffusga chiqadi. O‘tish o‘yinidan joy olgan jami to‘rt uchrashuv qisqa vaqt ichida tashkil etilishi maqsadida markazlashtirilgan holda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Superliga o'rtoqlik o'yini Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing