O‘zbekiston MTJ AQSHga jo‘nab ketdi (video)

Sport

image

Bugun, 26 may kuni ertalab O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun AQSHga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi bugun, 26 may kuni ertalabdan AQSHga yo‘l oldi.

Avvalroq, terma jamoa Qo‘shma Shtatlarga boradigan 30 nafardan iborat futbolchilar ro‘yxatini ma’lum qilgan edi. O‘zbekiston MTJ dastlab AQSHda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazilib, joriy yilning 30 may kuni Kanadaga boradi va 1 iyun kuni mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. 8 iyun kuni esa jamoa Niderlandiyaga qarshi navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jarohati sabab Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati Fabio Kannavaro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing