O‘zbekiston mobil internet arzonligi reytingida yuqori o‘rinni egalladi
Jamiyat
−
21 aprel 2021 16475 1 daqiqa
Buyuk Britaniyaning Cable.co.uk portali dunyodagi mobil internet narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qildi. O‘zbekiston 230 mamlakat orasida 21-o‘rinni egalladi. Bir yil davomida O‘zbekistonning reytingdagi o‘rni 33 pog‘onaga yaxshilangan.
Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi 1 Gb mobil Internetning o‘rtacha narxi –0,6 dollar (6300 so‘m).
Reytingda Isroil (0,05 dollar) yetakchilik qilyapti. Qirg‘iziston (0,15 dollar) esa faxrli 2-o‘rindan joy olgan.
MDH davlatlari orasidan Rossiya (6-o‘rin, 0,29 dollar), Moldova (7-o‘rin, 0,32 dollar), Belarus (13-o‘rin, 0,43 dollar) va Qozog‘iston (20-o‘rin 0,59 dollar) bor.
Live
Barchasi