O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘z o‘yinlarini qachon boshlashi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joriy yilning 8 oktyabr kuni JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichi o‘yinlariga qayta start beriladi va 17 noyabr kuni 2-bosqich bahslariga yakun yasaladi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

7-turni dam olish sifatida o‘tkazib yuboradigan O‘zbekiston milliy terma jamoasi 13 oktyabr kuni Yamanga qarshi bahs olib boradi.

Shundan so‘ng, o‘zbekistonlik futbolchilar 12 noyabr kuni o‘z maydonida Singapurni qabul qilsa, 17 noyabrda bo‘lib o‘tadigan so‘nggi tur bahsida Saudiya Arabistoni mehmoni bo‘ladi.

Ma’lumot o‘rnida, koronavirus pandemiyasi sababli O‘zbekistonda ichki chempionatlar qatori Milliy terma jamoa o‘yinlari ham to‘xtatilgan edi. Qolaversa, futbol bo‘yicha saralash turnirlari ham pandemiya sabab noma’lum muddatga qoldirilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Komissiya qarori bilan futbol bo‘yicha xalqaro va ichki musobaqalarga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish hamda ularda qatnashish maqsadida professional futbol klublariga o‘z o‘quv mashg‘ulotlarini sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq holda boshlashga hamda 2020 yil 5 iyundan boshlab O‘zbekiston professional futbol ligasi chempionatlarini tomoshabinlar ishtirokisiz davom ettirishga ruxsat berildi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol

Baholaganlar

184

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing