O‘zbekiston mezbonlik qiladigan Jahon chempionatining savatchalari ma’lum bo‘ldi

Sport

−

image

O‘zbekiston mezbonlik qiladigan 2024 yilgi futzal bo‘yicha Jahon chempionatiga qur’a tashlash marosimi oldidan FIFA reytingi e’lon qilindi.

Reytingga ko‘ra, mundialda qatnashuvchi jamoalar 4 ta savatchaga ajratildi. O‘zbekiston mezbon maqomida bo‘lgani uchun turnirning 1-savatidan joy oldi. Bu degani mezbonlar guruh bosqichida Braziliya, Portugaliya, Ispaniya, Eron va Argentina terma jamoalari bilan to‘qnash kelmaydi.

1-savatcha: 

O‘zbekiston, Braziliya, Portugaliya, Ispaniya, Eron, Argentina.

2-savatcha:

Marokash, Qozog‘iston, Tailand, Fransiya, Ukraina, Paragvay.

3-savatcha:

Xorvatiya, Yangi Zelandiya, Venesuela, Afg‘oniston, Kosta-Rika, Tojikiston.

4-savatcha:

Niderlandiya, Gvatemala, Panama, Angola, Liviya, Kuba.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston futzal terma jamoasi yangilangan FIFA reytingida nechanchi o‘rinni egallagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing