O‘zbekiston MDH o‘yinlarida 3-o‘rinni egalladi
Sport
−
14 avgust 2023
2580Belarusda start olgan ikkinchi MDH o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston delegatsiyasi unda 28 ta oltin, 25 ta kumush va 53 ta bronza, jami 106 ta medal bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Belarus mamlakatlaridan keyin 3-o‘rinni egalladi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, bu natija orqali O‘zbekiston delegatsiyasi umumiy va oltin medallar soni bo‘yicha MDH o‘yinlaridagi eng yaxshi natijasini yangiladi.
Ochiq formatda o‘tgan mazkur musobaqada MDH mamlakatlaridan tashqari 13 davlat vakillari o‘z omadini sinab ko‘rdi. Umumiy hisobda, bu yilgi O‘yinlarda 20 ta sport turida 246 dona medallar jamlanmasi o‘ynalgan. 13 avgust kuni musobaqaning tantanali yopilish marosimi o‘tkazildi. Tadbir davomida musobaqa bayrog‘i 2025 yil o‘tkaziladigan uchinchi MDH o‘yinlari mezboni Ozarbayjonga topshirildi.
“O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ikkinchi MDH o‘yinlarida qo‘lga kiritilgan ushbu yuqori natija bilan delegatsiya a’zolari, sportchi va murabbiylar, millionlab muxlislarni samimiy tabriklaydi”, deyiladi MOQ xabarida.
LiveBarchasi