Mirziyoyev Belarusga tashrifini yakunladi
Jamiyat
−
27 iyun 2025 4184 1 daqiqa
Bugun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarusga qilgan tashrifi yakunlandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Davlat rahbari YeOII bilan sheriklikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z nuqtai nazarini bayon qildi.
Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan ham ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Shu bilan davlat rahbarining amaliy tashrifi yakuniga yetib, Prezident Toshkentga jo‘nab ketdi.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14