O‘zbekiston Markaziy Osiyoda lidermi? So‘z Komilovga
Jamiyat
−
26 iyun 2021
15375O‘zbekiston o‘z mas’uliyatini his qiladi, ammo mintaqada yetakchi davlat bo‘lishni xohlamaydi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov “ThisisAmericaTV” loyihasi uchun bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Amerikalik teleboshlovchi Dennis Vuleyning “Markaziy Osiyoga qarasak, mintaqaning qoq o‘rtasida O‘zbekistonni ko‘ramiz. Aytingchi, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda muhim, yetakchi rolni o‘ynayaptimi?”, degan savoliga O‘zbekiston TIV rahbari quyidagicha javob berdi:
“Bilasizmi, biz o‘z ma’suliyatimizni his qilamiz. Ammo, bir vaqtning o‘zida asosiy rolni o‘ynashni yoki yetakchi davlat bo‘lishni xohlamaymiz. Shunday bo‘lsa-da [mintaqadagi] vaziyatni yaxshilashga va xavfsizlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qancha tashabbuslarga egamiz. Misol tariqasida bir-ikkitasini sanab o‘taman, 2018 yilda Prezident Mirziyoyev Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyaning tashabbuskori bo‘ldi. Bu vazirlar darajasidagi konferensiya bo‘lib, Afg‘onistonda tinchlik jarayonini boshlash uchun juda muhim edi. Aynan ushbu konferensiya Afg‘oniston atrofida yangi siyosiy faoliyatni vujudga keltirdi”.
Foto: Abdulaziz Komilov va Dennis Vuley
Abdulaziz Komilovning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston qo‘shni mamlakatlar bilan o‘zaro tenglik tamoyiligi asoslangan, do‘stona munosabatlar qurishni istaydi.
“Qo‘shnilar bilan bunday munosabat o‘rnatishga intilishimizning sababi — biz ko‘plab umumiylikka egamiz: bir guruhga kiruvchi tillarda so‘zlashamiz, bir dinga e’tiqod qilamiz, bir xil daryolardan, energiya manbalaridan foydalanamiz. O‘ylaymanki, ushbu jihatdan bu bir yaxlit mintaqa”, deydi Komilov.
Ma’lumot o‘rnida, Markaziy Osiyo mintaqasiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston kiradi. Ba’zi manbalar ushbu mintaqaga Afg‘onistonni ham kiritgan.
LiveBarchasi