O‘zbekiston maktablaridagi darslar vaqtincha onlayn shaklga o‘tkazilishi mumkin

Jamiyat

image

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova mahalliy hokimliklar bilan III chorakni boshlash masalasini muhokama qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Qoraqalpog‘iston Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ijtimoiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilish kun tartibiga hududlarda maktablarning III chorakni boshlashga tayyorgarligi masalasi qo‘yildi.

Jumladan, vazir mahalliy hokimliklar joylardagi umumta’lim muassasalarining tayyorgarlik holatini yana bir bor qayta tahlil qilish zarurligini ta’kidladi.

Ayni damda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘quvchilarni ob-havo sharoitlari barqarorlashguniga qadar vaqtincha onlayn ta’lim tizimiga o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Avvalroq, Maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi joriy yilning 5 yanvar kuni anomal sovuq sabab O‘zbekistondagi barcha maktablarda qishki ta’til 17 yanvargacha uzaytirilgani, 2022-2023 o‘quv yilining III choragi 2023 yilning 18 yanvaridan boshlanishini bildirgandi. Biroq joriy yilning 10 yanvar kuni qishki ta’til davrini uzaytirish vakolati hududdagi ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda, mahalliy hokimliklarga berilganini aytib chiqqani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi ta’lim muassasalari — maktab, litsey va kollejlar hamda oliy ta’lim dargohlarida o‘qish 23 yanvardan boshlanishi haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing