O‘zbekiston maktablarida “tashvish” tugmalari o‘rnatildi
Jamiyat
−
23 Sentabr 2023
8275O‘zbekiston maktablarida “tashvish” tugmalari o‘rnatildi hamda Milliy gvardiya nazoratiga olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni Rustam Jo‘rayevning aholiga murojaatida aytib o‘tilgan.
Jo‘rayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu islohot Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yil 28 iyul kuni Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan bo‘lib, O‘zbekistonda xavfsiz muhit yaratish maqsadida amalga oshirilyapti.
“Maktablarimizda xavfsiz muhitni yaratish, o‘quvchilarga nisbatan jismoniy xavf-xatarlarni tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida, shahar-tuman markazlaridagi barcha ta’lim muassasalariga “tashvish” tugmalari va videokuzatuv moslamalari o‘rnatildi hamda Milliy gvardiya qo‘riqloviga olindi”, deyilgan xabarda.
Rustam Jo‘rayevning qo‘shimcha qilishicha, kelgusida ham ta’lim muassasalarining qo‘riqlov tizimini takomillashtirish borasida “Xavfsiz ta’lim” konsepsiyasi joriy etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ta’lim planshetlari bilan ta’minlanishi aytilgan edi.
LiveBarchasi