O‘zbekiston mahsulotlarining Yevropaga eksporti hajmi 86 foizga oshdi

Jamiyat

image

Joriy yilning dastlabki besh oyida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasidagi tovar aylanmasi 22 foizga, O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqiga eksport esa 86 foizga oshdi. Bu haqda Bryusselda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari - investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Yevropa Kengashi Prezidentining Tashqi siyosat bo‘yicha Bosh maslahatchisi Saymonom Mordyu o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, eng katta o‘sishni ko‘rsatgan tovarlar toifalari orasida kimyo sanoati mahsulotlari (6 marta o‘sish), to‘qimachilik (90 foizga o‘sish) va oziq-ovqat mahsulotlari (65 foizga o‘sish) bor. Bunga ko‘p jihatdan O‘zbekiston tomonidan 2021 yilda Yevropa Ittifoqining “GSP+” Preferensiyalar bosh tizimining benefitsiar maqomini olishi tufayli erishilgan.

“Fursatdan foydalanib, tomonlar “GSP+” tizimi doirasida YeI monitoring missiyasining O‘zbekistonga tashrifi yakunlarini muhokama qildilar va ushbu tizimning benefitsiari sifatida uning afzalliklarini amalda qo‘llash maqsadida mamlakat tomonidan ratifikatsiya qilingan barcha 27 xalqaro Konvensiya talablariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi tadbirlarni belgilab oldi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, tomonlar O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) qo‘shilish mavzusiga ham to‘xtalgan. Xususan, O‘zbekiston tomoni YeIning O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha Ishchi guruhining 5-yig‘ilishini tashkil qilish va o‘tkazishda qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan. Bu yo‘nalishda hamkorlik qilish bo‘yicha navbatdagi sa’y-harakatlar belgilab olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi eksport

Baholaganlar

200

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing