O‘zbekiston koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyorlanyapti – Yusupaliyev
Jamiyat
−
07 Sentabr 2020
30709O‘zbekiston koronavirus pandemiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyorlanyapti. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev “Kommersant’” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Suhbat davomida jurnalist mutaxassisdan O‘zbekistonda ikkinchi to‘lqin kutilyaptimi, deb so‘ragan. Bunga javoban Yusupaliyev quyidagicha javob qaytargan:
“Ha, kutyapmiz va tayyorlanyapmiz. Kuz-qish bu boshqa viruslarning, jumladan, ORVI, grippning ham tarqaladigan davri. Barcha karantin choralari amalda kuchsizlantirildi, odamlar orasida aloqa ko‘paydi, maktab, OTM, bog‘chalar ochilyapti”.
SSV vakili O‘zbekistonda koronavirusga chalingan xorijlik sayyohlarga 3 ming AQSH dollaridan to‘lanishi haqidagi gaplarga munosabat bildirib o‘tgan. Yusupaliyev turistlarga pul to‘lanmasligini, agarda ular koronavirusga chalinsa, mamlakat fuqarolari kabi davolanishini aytib o‘tdi.
“Yo‘q, agar turistlar kelib, kasal bo‘lsa, biz ularni o‘z fuqarolarimizdek, shifoxonaga yotqizib, tez tibbiy yordam ko‘rsatamiz. Bori shu”, degan vazir o‘rinbosari.
Avvalroq, O‘zbekiston Rossiyadan koronavirus vaksinasi sotib olish masalasini ko‘rib chiqayotgani, Hukumat bu boradagi qarorini ikki haftadan keyin qabul qilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi