O‘zbekiston koronavirusni qon zardobi bilan davolashdan voz kechdi. Nega?

Jamiyat

image

O‘zbekisonda koronavirusdan davolanganlarning qon zardobini bemorlarga quyish orqali davolash usuli muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ma’lum qildi.

“Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olib, keyinchalik tuzalgan bemorlarning qon zardoblarini (qon plazmasi) bemorlarga quyish samara bermadi. Chet el tajribasida ham bu ish bermagani sababli O‘zbekistonda ham bu amaliyot to‘xtatildi”, dedi Koronavirusga qarshi kurashish maxsus komissiyasi a’zosi Habibulla Oqilov.

Oqilovning ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik mutaxassislar Rossiya, Germaniya, Koreya va Yaponiya dalvatlaridagi hamkasblari bilan muloqotda bo‘lib turibdi. Shu orqali bemorlarni davolashda eng ilg‘or usullar qo‘llanyapti. Ammo qon plazmasini quyish o‘zini oqlamagan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 13 193 nafarga yetdi. Hozirgacha ularning 7852 nafari sog‘aygan va 61 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

1041

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing