O‘zbekiston koronavirusni aniqlovchi milliy testlarini qachon ishlab chiqaradi?
Jamiyat
−
03 aprel 2020
6018O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini aniqlovchi testlar zaxirasi haqida ma’lumot berildi. Bugungi kunda Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi qo‘l ostida 200 mingdan ortiq ekspress-testlar mavjud.
Shuningdek, O‘zbekiston koronavirusni aniqlash testlarini ishlab chiqarish ustida ham ish olib boryapti. Nurmatov bu haqda ham ma’lumot berdi.
“Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshidagi Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori ma’lumotiga ko‘ra, milliy test tizimi tayyor va klinik sinovlar olib borilyapti. Oy oxirigacha ular 500 mingta test tayyorlamoqchi. Buning uchun ular klinik sinovlarni tamomlashi kerak. Keyin esa hujjatlarni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi topshiradi”, deya ta’kidladi Otabekov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha koronavirusga chalinganlar 221 nafarga yetdi. Ularning 25 nafari davolandi, 2 nafari vafot etdi.
Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang, #UydaHayotBor
LiveBarchasi