O‘zbekiston koronavirus va inqirozga qarshi kurash uchun qariyb 50 trln so‘m sarflagan

Jamiyat

image

O‘zbekistonda koronavirusga va iqtisodiy inqirozlarga qarshi kurash uchun uch oyda jami 50 trln so‘mga yaqin mablag‘ sarflangan. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov Oliy Majlis Qonunchilik palatsiga bergan hisobotida aytib o‘tdi.

Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yilning 19 mart kuni qabul qilingan “Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi choratadbirlar to‘g‘risida”gi asosan 10 trln.so‘m miqdoridagi mablag‘ga ega Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi tashkil etilganini aytib o‘tdi.

Bundan tashqari, ushbu yo‘nalishlar uchun jami 15 dan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va qarorlari qabul qilingan.

Qabul qilingan farmon va qarorlarga muvofiq koronavirusga va iqtisodiy inqirozga qarshi kurashish uchun jami ko‘rilgan choralarning miqdori mart-iyun oyining o‘zida 49,3 trln. so‘mni tashkil qildi.

Jumladan, Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasidan 5,3 trln. so‘m, berilgan soliq va bojxona imtiyozlari 1,6 trln. so‘m, tijorat banklari tomonidan tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash uchun 15,7 trln. so‘m kreditlar ajratildi hamda 24,5 trln.so‘m miqdoridagi kreditlarning muddati uzaytirildi.


Maqola muallifi

Teglar

inqiroz koronavirus

Baholaganlar

60

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing