O‘zbekiston Koreyaga yutqazdi

Sport

−

image

Bugun, 6 oktyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlari doirasidagi o‘rtoqlik o‘yini doirasida Janubiy Koreya milliy terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yinda “yo‘lbarslar” ishonchli hisobda g‘alaba qozondi.

O‘yin deyarli teng kurashlar ostida o‘tdi. Birinchi bo‘limni janubiy koreyaliklar yuqori bosimda boshladi va mezbonlar sardori Son Hyon Min 6-daqiqadayoq jarima zarbasini golga aylantirdi. Keyingi daqiqalarda mehmonlarda ham bir necha imkoniyatlar bo‘ldi, biroq to‘p darvoza to‘riga kirmadi.

Ikkinchi bo‘lim ham O‘zbekiston vakillarining bir necha hujumlari bilan start oldi. Shunga qaramay, 60-daqiqada Se-xun boshi bilan Abduvohid Ne’matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi. Bahs yakuniga qadar “oq bo‘rilar” bir nechta shiddatli hujumlar uyushtirdi, biroq mehmonlar darvozasiga yo‘l topa olmadi. Shu tariqa O‘zbekiston milliy terma jamoasi FIFA kunlarini 2 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bilan yakunladi.

Ma’lumot uchun, joriy FIFA kunlarida O‘zbekiston MTJ Eronni 3:1 va Suriyani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing