O‘zbekiston KXTSHTga uchinchi marta ham qo‘shiladimi?

Jamiyat

image

O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkilotiga (KXTSHT) qata qo‘shilishi haqida o‘ylayotgani yo‘q. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Ilhom Ne’matov RIA Novostiga bergan intervyusida shu haqda aytib o‘tdi.

“Hozir, men shunday ko‘ryapman, bu borada hech qanday gap-so‘z yo‘q. Ko‘rib turganingizdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bo‘yicha juda katta gap, katta muhokamalar bo‘lyapti, turfa fikrlar yangramoqda. ODKB bo‘yicha esa hozircha hech qanday gap-so‘z eshitganim yo‘q”, dedi Ilhom Ne’matov.

Ma’lumot uchun, Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma 1992 yilda Armaniston, Qozog‘iston, Tojikiston, Rossiya, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan Toshkentda imzolangan. Shartnoma 1994 yil 20 aprelda kuchga kirgan. Keyinchalik unga Ozarbayjon, Gruziya, Belarus ham qo‘shilgan. 1999 yilda shartnomani uzaytirish bo‘yicha protokolni O‘zbekiston, Ozarbayjon va Gruziyadan tashqari boshqa a’zo davlatlar imzolagan.

2006 yilda O‘zbekiston KXTSHTga qaytib kirgan. Ammo bu a’zolik 2012 yil rasmiy Toshkentning KXTSHTga O‘zbekistonning a’oziligini to‘xtatish bo‘yich nota yuborishi bilan to‘xtatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Ne'matov KXTShT

Baholaganlar

124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing