O‘zbekiston kikboksingchilari JCHda 5 ta medal qo‘lga kiritdi
Sport
−
25 Oktabr 2021 3502 1 daqiqa
Joriy yilning 15-23 oktyabr kunlari Italiyaning Jezolo shahrida bo‘lib o‘tgan kikboksing bo‘yicha Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bekzod Aliyev bosh murabbiyligidagi o‘zbekistonlik kikboksingchilar umumiy hisobda bitta kumush va 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Lou-kik yo‘nalishida 51 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sherali Musayev kumush, Diyorbek Hamidullayev (54 kg) va Nurbek Urishboyev (86 kg) esa bronza medalga ega chiqdi.
K-1 yo‘nalishi bo‘yicha Nazarbek Mahmudov (51 kg) va Husanxon Baratov (+91 kg), shuningdek, 91 kg vaznda ringga ko‘tarilgan Botirbek Xo‘jabekov (ful-kontakt) bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Eslatib o‘tamiz, kikboksing WAKO bo‘yicha Jahon chempionatida 70 dan ortiq mamlakatdan 4 mingdan ziyod sportchi ishtirok etdi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025