O‘zbekiston xorijda o‘qiyotgan talabalari soni bo‘yicha yetakchilardan bo‘ldi
Bu qiziq
−
10 Oktabr
4639O‘zbekiston fuqarolari chet el mamlakatlarida tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha reytingda 3-o‘rindan joy oldi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
UNESCO statistika instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning 1 yanvar holatida dunyo bo‘yicha xorijda tahsil olayotgan talabalar soni 6 859,4 ming nafarga yetgan. Ularning soni dunyo bo‘yicha bir yil ichida qariyb 419 ming nafarga ortgan.
Xorijda tahsil olayotgan talabalar soni bo‘yicha TOP 10 ta davlat:
- Xitoy – 1 052,3 ming nafar;
- Hindiston – 621,6 ming nafar;
- O‘zbekiston – 150,5 ming nafar;
- Vetnam – 134,1 ming nafar;
- Germaniya – 126,2 ming nafar;
- AQSH – 115 ming nafar;
- Fransiya – 113,5 ming nafar;
- Suriya Arab Respublikasi – 105 ming nafar;
- Nepal – 95,1 ming nafar;
- Pokiston – 90,6 ming nafar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2024 yilning yanvar-avgust oylarida jami 25,8 ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga borgani va ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 602 nafarga yoki 2,4 foizga oshgani xabar qilingan edi. Shu statistikada o‘zbekistonliklarning qaysi mamlakatlarga ko‘proq o‘qishga borayotgani ham ma’lum qilingan bo‘lib, unga ko‘ra, dastlabki uchlikdan Tojikiston, Rossiya va Qirg‘iz Respublikasi joy olgan.
LiveBarchasi